Saudiya Arabistoni chempionati. Bugun "An-Nasr" safarda o‘z o‘yinini o‘tkazadi

  • 3 fevral, 2023, 11:34
  • 0
  • Futbol

Bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 15-tur o‘yinlari davom ettiriladi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "An-Nasr" safarda "Al-Fateh" mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, "An-Nasr" ayni damda 2 ta o‘yin kam o‘tkazgan holda turnir jadvalida 33 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Ash-Shabab" hisobida 34 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!