Saudiyaning uch futbolchisi Roberto Manchini qo‘l ostida o‘ynashdan bosh tortdi

Qatardagi Osiyo kubogi qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi terma jamoaning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun italiyalik mutaxassis Roberto Manchini olib kelgan edi.

Biroq terma jamoaning uch futbolchisi Salmon Al-Faraj, Xolid Al-G‘annam va darvozabon Navaf Al-Aqidiy Manchilik boshchiligidagi terma jamoada o‘ynashni rad etdi.

Bu futbolchilar orasida Al-Aqidiy va Al-Faraj Osiyo kubogida qaydnomadan o‘tkazilgan.

- Uch futbolchining terma jamoada o‘ynamasligi mening qarorim emas, balki ularniki. Al-Faraj menga o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘ynashni istamasligini aytdi, Al-G‘annam unga terma jamoa uchun o‘ynash yoqmasligini uqtirdi. Al-Aqidiy darvozabonlar murabbiyiga agar boshlang‘ich tarkibda bo‘lmasa, o‘ynamasligini aytgan.

Al-G‘annam va Al-Aqidiy boshlang‘ich tarkibda o‘ynashni talab qilmoqda, lekin murabbiy sifatida so‘nggi qarorni men chiqaraman. Biz ular bilan suhbatlashib, milliy terma jamoada o‘ynash istagi haqida so‘radik. Ulardan “yo‘q” degan javobni oldik.

Men tajribali o‘yinchilarning boshlang‘ich tarkibdan joy so‘rashini to‘g‘ri tushunaman, lekin yosh o‘yinchilar ilk daqiqdan o‘ynashi kafolatlanmasa, terma jamoada o‘ynagisi kelmasligini qabul qila olmayman. Men o‘z yurti bosh jamoasi uchun o‘ynashni istaydiganlar bilan ishlamoqchiman va bu mavzuga boshqa qaytmayman, - dedi Roberto Manchini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!