“SBS Cup”. Yoshlarimiz iroda namoyish etib, Yaponiya klubini penaltilar seriyasida taslim etdi

  • 25 avgust, 2022, 16:29
  • 0
  • Futbol

“SBS Cup” halqaro turniri doirasida O‘zbekiston U-19 terma jamoamiz Yaponiyaning "Shizuoka" klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yin asosiy vaqti jangovor 3:3 hisobida yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida vakillarimiz 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Hamyurtlarimiz safida gollarga Mahmud Jo‘raboev, Nodirbek Abdurazzoqov va Muhammadali Usmonov mualliflik qildi. Qizig‘i, yoshlarimiz dastlab 0:2 hisobida yaponiyaliklarga mag‘lub bo‘layotgan edi. 

Ushbu g‘alaba Farhod Nishonov shogirdlariga 2 ochko taqdim etdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, penaltilar seriyasida g‘olib bo‘lgan jamoa 2 ochko egasiga aylanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!