Serdar Azmun Evropa ligasida qatnasha olmaydi

  • 5 sentabr, 2023, 18:45
  • 0
  • Futbol

Yozda "Roma"ga ko‘chib o‘tgan eronlik hujumchi Serdar Azmun jamoa safida Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda "Roma Press" xabar bermoqda.

Rim klubi Rasmus Kristensenni ham evrokuboklar uchun arizaga kiritmagan. Bunga "bo‘rilar"ning transfer oynasidagi ma’lum bir sarf-xarajatlar bilan bog‘liq moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rim klubi Serdarni "Bayer"dan 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.

Joze Mourino shogirdlari navbatdagi o‘yinni 17-sentyabr, yakshanba kuni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!