Serj Gnabrining rejasi oshkor bo‘ldi

"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri top-klubdan taklif tushsagina nemis klubini tark etishi mumkin. Aks holda futbolchi jamoada qoladi, deya xabar berdi jurnalist Florian Plettenberg.

Myunxenliklar hali futbolchi borasida bir qarorga qelmagan. Gnabri 2017 yildan beri "Bavariya"da o‘ynab kelmoqda. Germaniyalik hujumchining mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Serj "qizillar"ning 17 ta o‘yinida ishtirok etib, beshta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali 28 yoshli futbolchini 45 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!