Shahram Ahadov  oltin medalga sazovor bo‘ldi!

  • 19 yanvar, 2018, 23:35
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tunisda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining 66 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov  oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Dunyoning elikka yaqin mamlakatidan 334 nafar polvon ishtirok etayotgan musobaqaning ilk kunida Shahram sloveniyalik Andez Yarebni, ukrainalik Gevorg Xachatryanni, rossiyalik Isa Isaevni, chorak finalda misrlik Muhammad Abdulmavgudni, finalda esa yaponiyalik Taro Fujisakani mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa sportchimiz Gran-prida tengsiz deb topildi.

Sports.uz 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!