Shahzoda Mamadalieva Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi va Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi!

Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi. 

Bugun ayollar o‘rtasida VL3 klassida finalda ishtirok etgan hamyurtimiz Shahzoda Mamadalieva 00:58.22 soniya natija bilan marraga 3- bo‘lib etib keldi. Iste’dodli sportchimiz ushbu natija orqali Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini ham naqd qildi. 

Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 34 taga etdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!