Shaxmat. Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Shu kunlarda Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Nodirbek Abdusattorov (2713) “Masters” va Javohir Sindorov (2654) “Chellenjer” guruhlarida ishtirok etishmoqda.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Bugun shaxmatchilar nufuzli turnirda navbatdagi tur bellashuvlarida dona surishadi. “Masters” guruhining 5-turida Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsenga (2859), “Chellenjer” guruhining 6-turida Javohir Sindorov braziliyalik Luis Paolo Supiga (2608) bahs olib boradi.

Ayni paytda Abdusattorov 4 turdan so‘ng o‘z guruhida 3 ochko bilan ikkinchi, Sindorov esa 5 turdan so‘ng 3.5 ochko bilan ikkinchi pog‘onada ketmoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak bellashuvlar oldidan hamyurtlarimizga omad tilaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!