Shaxmat olamidagi eng nufuzli unvon - jahon shaxmat toji uchun bahs O‘rta Osiyo davlatida bo‘lib o‘tadi. Pul mukofoti esa rekord darajada

2023 yilda Magnus Karlsendan vakant qolgan eng nufuzli unvon - klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahs 7 apreldan 1 mayga qadar Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tadi. 
 
Chempionlik uchun da’vogarlar, rossiyalik Yan Nepomnyashiy va xitoylik Ding Liren o‘zaro kuch sinashadi. 
 
Aslida, jahon tojdori norvegiyalik Magnus Karlsen ushbu unvonni da’vogarlar turniri g‘olibi Nepomnyashiydan himoya qilishi kerak edi. Ammo Karlsen ushbu to‘qnashuvda unga nisbatan jiddiy raqobat yo‘qligini ma’lum qilgan holda o‘z unvonidan voz kechgan. Shu tarida unvon g‘olibigi uchun da’vogarlar turnirida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etgan xitoylik shaxmatchi Ding Liren Nepomnyashiyga qarshi kurashadigan bo‘ldi. 
 
Nepomnyashiy va Liren bahsi uchun rekord darajadagi mukofot - 2 million evro qo‘yilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ chempionga 60 foiz, mag‘lub bo‘lgan shaxmatchiga 40 foiz miqdorda taqsimlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!