Shaxmat. O‘zbekiston chempionati start oldi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida  O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi. Unda 239 nafar ishtirokchi shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishlarida o‘z mahoratini namoyish etadi.

Bugun chempionatning tantanali ochilish marosimidan so‘ng, 1-tur o‘yinlariga start berildi.

Asmina Abdulazizova, Naima Ahmadjonova, Malika Norqulova, Dilnura G‘ofurjonova, E’zozaxon Hasanova, Sarvinoz Bekmuratova, Fazliddin Farhodov, Nurislom Abdulahatov, Lazizbek Shavkatov, Islombek Husanov, Oriyat Obidjonov, Shavkat Abduxoliqov kabi sportchilar ilk g‘alabalarini nishonladilar.

Standart yo‘nalishidagi bahslar 29 fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, yosh shaxmatchilar rapid (1 mart) hamda blits (2 mart) yo‘nalishlarida kurashni davom ettiradi.


IMG_20240222_112717_764

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!