Shaxram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev vaznidagi mutlaq chempionlik jangi oldidan bokschilar qanday fikrda?

  • 6 mart, 2021, 21:37
  • 0
  • Boks

"Top Rank" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan super engil vaznda (63.5 kg) mutlaq chempionlik uchun jang 22 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

Ushbu jangda 2012 yilgi London Olimpiadasi ishtirokchilari o‘zaro to‘qnash keladi. Hozirda WBA va IBF chempioni britaniyalik Josh Teylor WBO va WBS chempioni amerikalik Xose Ramiresga qarshi barcha chempionlik kamarlari uchun bahs olib boradi. Jang kechasi ESPN, ESPN+, ESPN Deportes kanallari orqali translyatsiya qilinadi.

shek

"Ushbu jang ikki yuqori darajadagi bokschilarga mutlaq chempionlik uchun taklif qilinishi kerak bo‘lgan eng zo‘r bahsdir. Bu muxlislar va har ikki jangchi ham xohlagan haqiqiy 50/50 to‘qnashuv bo‘ladi", - dedi "Top Rank" kompaniyasi rahbari Bob Arum.

Kaliforniya shtatidan bo‘lgan Ramires (26-0, 17 KO) majburiy da’vogar Viktor Postolga qarshi jangda sinovdan o‘tdi. U yuqori formada emasligiga qaramay, ukrainalik Postolni mag‘lub etishni uddalay oldi. Ushbu jangni hakam Devi Moretti, garchi 114-114 hisobida durang deya e’tirof etgan bo‘lsa-da, Tim Chitem 115-113 va Stiv Uaisfild 116-112 hisobida g‘alabani Ramires foydasiga hal etdi.

"Men kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan bokschilar ichida birinchi mutlaq chempion bo‘lgan holda o‘z tariximni yaratish ishtiyoqidaman. Ushbu jangimni har kuni dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlovchi "Central Valley" fermasi ishchilariga bag‘ishlamoqchiman. Bu - katta jang, ammo hozirda ularga vaktsinadan kattaroq narsa yo‘q", - dedi Ramires.

shek1

Shotlandiyalik Teylor (17-0, 13 KO) esa, 2018 yilning iyun oyida 12 raundlik jangda Viktor Postolni Ramiresga qaraganda, ishonchliroq tarzda mag‘lub etgan. O‘tgan yili 26 sentyabrda bo‘lgan o‘zining oxirgi IBF kamari majburiy himoya jangida da’vogar Apinun Kongsongni (16-1, 13 KO) ringga qulatish uchun 1 raund etarli bo‘ldi.

"Men ushbu jang bo‘yicha kelishuvga erishilgani va jang sanasi belgilanganidan xursandman. Men o‘z faoliyatim davomida eng katta jangda qatnashishni orziqib kutmoqdaman. Mutlaq chempionlik uchun jang qilish barcha bokschilarning orzusidir", - dedi Josh Teylor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida ikki nafar bokschimiz professional faoliyatlarini olib bormoqda. WBA International kamari sohibi Shahram G‘iyosov WBA reytingida 7-o‘rinda bo‘lsa, Shohjahon Ergashev kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan, WBO reytingida 13 va IBF reytingining 4-pog‘onasida qayd etilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!