Sher Mamazulunov tarozidan o‘tdi. Ertaga jang!

Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan K-1 ustalaridan biri Sher Mamazulunov ertaga navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Yurtdoshimiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil qilinadigan ”Fair Fight“ turnirida ringga ko‘tariladi. Unga Belarus vakili Evgeniy Volchek raqiblik qiladi.

Bugun mazkur jang avvalidan o‘tkaziladigan an’anaviy vazn o‘lchash va "Face to face" marosimi o‘tkazildi. Mamazulunov belgilangan vazn me’yorini bajara oldi. 

Ma’lumot uchun, Combat Press talqini bo‘yicha Sher Mamazulunov -80 kg  vazn toifasida butunjahon professional kikboksingchilar reytingida 10-pog‘onada qayd etilgan.

Shu o‘rinda mazkur jangda hamyurtimizga omad tilaymiz va u o‘zining chiroyli g‘alabasi bilan barcha muxlislarni xursand qiladi, degan umiddamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!