Sher Mamazulunovning professional boksdagi debyuti kechiktirildi

  • 26 avgust, 2020, 19:51
  • 0
  • Boks

O‘zbekistonlik kikboksing ustasi Sher Mamazulunovning 12 sentyabr kuni professional boksda debyut jangini o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan edik. Bu borada barcha masala hal qilinib, yurtdoshimiz jiddiy  tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Biroq, tashkilotchilar so‘nggi pallada Mamazulunov hamda uning jamoadoshining janglarini bekor qilgan. Bunga sportchimizning o‘zi quyidagicha izoh berdi.

- Bugun, bu borada menga ma’lum qilishdi. Aniq bir sabab ayta olmayman. Menejerlar kelisha olmagan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Balki, keyinroq ushbu debyutim amalga oshar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!