Sher Mamazulunovning raqibi ma’lum. U Toshkentda jang qiladi

24 yanvar kuni Toshkentda professionallar o‘rtasida K-1 bo‘yicha jang kechasi o‘tkaziladi. Unda 10 dan ortiq janglar tashkil qilinadi. Markaziy to‘qnashuv Sher Mamazulunov ishtirokida bo‘ladi. 

Ushbu yurtdoshimiz Rossiyada o‘z janglarini o‘tkazadi va MDH mamlakatlarida anchagina mashhurlikka erishgan. Shuningdek, "Fair Fight" promoushenining chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Mamazulunov ilk bora O‘zbekistonda jang o‘tkazmoqda. Uning 24 yanvardagi raqibi turkiyalik Kemik Taylan bo‘ladi. 

Mazkur jang kechasi Sports.uz Youtube kanalida jonli ravishda efirga uzatiladi. 

Nursulton Ro‘ziboev Toshkentda jang qiladi

O‘zbekistonning eng kuchli K-1 ustalari Toshkentda jang qiladi

Bobur Tagiev ozarbayjonlik jangchiga qarshi ringga ko‘tariladi

“Tashkent Open” turniriga sportchilarimiz qanday tayyorlanmoqda? (Fotogalereya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!