Shohjahon Ergashev ijrosidagi ushbu zarba jang taqdirini hal qildi (Video)

  • 17 noyabr, 2020, 00:23
  • 1
  • Boks

Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasi mezbonligidagi professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Milyushani muddatidan avval mag‘lub etdi. Jangning ikkinchi raundi o‘tib borayotgan bir pallada hamyurtimiz tanaga kuchli zarba yo‘lladi. Lekin bu raund yakuniga qadar Milyushani jang olib borishiga to‘sqinlik qilmadi.

Ammo ikkinchi raund o‘z yakuniga etganidan so‘ng, bu zarba jiddiy jarohat etkazgani ma’lum bo‘ldi. Belarus vakilining qovurg‘asiga shikast etganligi uchun uchinchi raundga chiqa olmadi va hamyurtimiz navbatdagi tezkor g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Quyida, jang taqdirini hal qilgan voqelik yoxud zarbani tomosha qilishingiz mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
17/11/2020 13:57
Шу кунги бошка жанглар-чи? Яна бошка боксчиларимиз жанг утказишлиги керак эди? Статистикада хам янгиланмади. Ёки учрашувлар бекор килинади-ми?