Shohjahon Ergashev iyun oyida Toshkentda jang qiladi (Video)

  • 20 may, 2021, 17:00
  • 0
  • Boks

Professional boksning superengil vazn toifasida (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev iyun oyida Toshkentda jang qiladi. Bu haqda sportchi instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Avvalroq, u 15 mayda Toshkentda WBO Global kamari uchun Xeramias Ponsega qarshi jang qilishini aytib o‘tgan edi. Bokschining izoh berishicha, u va Salita Promotions promouterlik kompaniyasi bilan bo‘layotgan sud jarayoni sabab, may oyidagi jangini iyunda o‘tkazish uchun harakat qiladi. Jang aynan qaysi sanada bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev 2020 yil oxirida boshqa kompaniya tomonidan tashkil etilgan Dmitriy Miliushaga qarshi jangi uchun Salita promouterlik kompaniyasi uni sudga bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!