Shohjahon Ergashev mag‘lub etgan Maykl Foksning chempionlik kamari uchun jangi natijasi bekor qilindi. Jangdagi hakam esa umrbod chetlatildi

  • 13 avgust, 2021, 06:52
  • 4
  • Boks

WVA tashkiloti yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tgan Gabriel Maestre (3-0, 3KO) va Maykl Foks (22-2, 5KO) jangi natijasini bekor qildi. 7 avgust kuni Minneapolis shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Foks raqibiga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Uni ikki bora nokdaun holatiga ham tushira oldi. Ammo yakunda hakamlar 114-113, 115-112 va 117-110 hisobida Maestre g‘alabasini qayd etishdi. Bu boks ommasi orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, WVA tashkiloti komissiya qarori bilan jang natijasini bekor qildi va bahs uchun qayta buyruq berdi. 117-110 hisobida baholagan hakam Gloria Martines esa tashkilot tomonidan bir umrga chetlatildi. 

Eslatib o‘tamiz, Maykl Foks hamyurtimiz Shohjahon Ergashevdan ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/08/2021 10:27
Shohjahonni kup kishi. kuchsiz raqibla bilan jang qiladi deyishadi. lekin Shohjahon urgon bola. vaqtiga Fazliddinni uruvdi. bokska hamma narsa bulishi mumkin. aytib yotishkan kuchsiz raqibla ham bir zarba bilan yutub ketishi mumkin. shuning uchun Shohjahonga tan berish kerak. rekort hali yutqazmagan.
Feruz Ahmadaliyev
13/08/2021 08:37
Lekin haqiqatan harakat qilibdi jangda hisob ochildi degani yutdi degani emasda
Jalol Axmedov
13/08/2021 10:20
To'liq jangda Foks yutgan. Bu esa Maestre uchun atalgan highlights. To'liq jang you tu tubeda chiqmagani uchun bu qo'yildi
Feruz Ahmadaliyev
13/08/2021 11:32
Ha boʻlishi mumkin bu xulosa emas Mana Bahodir Jalolov ham yarim finalda nokdaun boʻlib zarbalar hisobiga gʻalaba qozongandi