Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovga: "Baribir urishamiz, senga oson bo‘lmaydi"

  • 20 yanvar, 2021, 20:49
  • 1
  • Boks

Professional boksning super engil vazn (63.5 kg) toifasidagi Shohjahon Ergashev hamda Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi munosabatni ko‘pchilik turlicha talqin qiladi. 

Ularni bir-biriga taqqoslashlar, jang bo‘lsa, kimning g‘alaba qozonishi borasida ham muxlislar o‘rtasida ko‘plab tortishuvlar bo‘lib turadi. Shunday gap-so‘zlar ular orasidagi munosabatning sovuqlashgani borasidagi taassurotlarni ham uyg‘otganligi sir emas. 

Vaholanki, har ikkisi bir-biriga bo‘lgan hurmatini yashirmaydi. Buni bevosita ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatishingiz mumkin. 

Jumladan, Shohjahon Ergashev o‘zining turnikdagi mashq jarayonini Instagram sahifasiga joylagan va bunga Shahram G‘iyosov qoyil qolgan tarzdagi munosabatini smaylik tarzida ifoda etgan. 

Shohjahon Ergashev esa, bunga javoban hazilomuz tarzda quyidagi izohni yozib qoldirdi.

Shaxa-shox

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
21/01/2021 12:01
Бу болалар жуда яхши болалар! Улар факат хазилашади, холос! Миллатимизга ва Ватанга зид хеч нима килишмайди! Узаро уришишса факат 4та камарни уртага куйиб уришиши мумкин, ёки Тайсон ва Рой Жонс ухшаб жанг утказиши мумкин. Уларни икковига хам факат омад ва бахт тилайман!