Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov vaznida 2 ta IBF eliminator jangiga buyruq berildi. Ergashev ularning ichida bormi?

  • 9 mart, 2021, 18:26
  • 0
  • Boks

Professional boksning super engil vazn toifasida (63.5 kg) IBF jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangiga buyruq berildi.

Ushbu reytingda Shohjahon Ergashev 4-o‘rinda edi. Ammo, promouterlik kompaniyasi va Ergashev tomonidan jang tashkil qilish bo‘yicha muammolar bo‘layotgani sababli, reytingning keyingi pog‘onalarida turgan puerto-rikolik Sabriel Matias (16-1, 16 KO) va qozog‘istonlik Batir Jukembaev (18-0, 14 KO) birinchi eliminator jangida ringga ko‘tarilsa, angliyalik Levis Ritson (21-1, 12KO) hamda argentinalik Xeramias Ponse ( 27-0, 17KO) ikkinchi eliminator jangida o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi. Ikki jang g‘olibi esa hozirda Josh Teylorga tegishli IBF jahon chempionlik kamari uchun yakuniy eliminator jangiga buyuriladi.

shox

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ergashev aynan Ponsega qarshi Toshketda jang qilishi haqida aytgan edi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

Manba: BoxingScene.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!