Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 29 may, 2021, 20:25
  • 4
  • Boks

Professional boksning super engil vazn (63.5 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev Toshkentda jang o‘tkazishi borasida xabar bergandik. 

Ergashevning yurtimizdagi jangi 11 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uning raqibi borasida juda ko‘p variantlar ilgari surildi. Yakunda, tanzaniyalik Salimu Jengo ( 16-3-0) bilan jang qiladigan bo‘ldi. 

Ergashev profi ringda 19 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 17 bora raqiblarini nokautga uchratgan. U so‘ngi jangida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/05/2021 22:29
Тушунмаган жойимни йозаман Шоҳжаҳон Эргашев 19та Жанг ўтказиб ҳаммасини ғалаба билан якунлаган 17та накаут. Унинг қандай камарлари бор чемпионлик камарлари. Натижалари даҳшатку. Муроджон Аҳмадалиев7 жангидан сўнг Чемпион бўлган эди. Обрў эътибори ошиб кетган эди. Бу боксчимиз 2.баробар кўп жанг ўтказган. Қандай чемпионлик камарлар олган ўзи. Ким билса батафсил жавоб ёзсин илтимос.
Jalol Axmedov
30/05/2021 00:17
Hech qanday jahon chempionlik kamarini olmagan. Bir marta bu WBA International mintaqaviy kamarini olgan va himoya jangisiz vakant qoʻygan. Xozir oʻsha kamar Shahramda. Keyin bokschini chempion boʻlishi uni rekordi yoki janglar soniga bogʻliq emas. Masalan Lomachenko 3 jangda chempion boʻlgan. Murod 7 jangda 2 kamar. Kimdur 40 ta yutib ham kamarsiz. Bu bokschining promouterlik kompaniyasi qay darajada kuchli ekaniga va bokschining potensialiga bogʻliq boʻlgan holat. Agar koʻp jang bilan kamarga chiqagan boʻlsa demak bilingki uni yoki kompaniyasi va raqiblari yaxshi boʻlmagan, yoki promoterni unga ishonchi yoʻq
&
Турсун Ғани
30/05/2021 10:22
Батафсил берилган жавоблариз учун рахмат.
&
Турсун Ғани
30/05/2021 10:25
Рахмат жавоблар учун. Эътибор учун. Тушнча олдим.