Shohjahon Ergashevning "Salita Promotions" bilan shartnomasidagi gonararlar miqdori qancha edi?

  • 31 mart, 2021, 11:53
  • 0
  • Boks

Professional boksning super engil vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) Salita promouterlik kompaniyasi bilan nizoli vaziyatlar ostida ekanidan xabaringiz bor. Ushbu ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ichida Shohjahon Ergashev va promouterlik kompaniyasi tomonidan tuzilgan shartnomada gonararlar bandi ham bor.

Unga ko‘ra, Shohjahon Ergashev shartnomasida quyidagi tartibda gonanarlar belgilangan:

1. 4 raundlik jang uchun: 1,000 dollar.
2. 6 raundlik jang uchun: 2,500 dollar.
3. 8 raundlik jang uchun: 3,500 dollar.
4. "Showbox" orqali translyatsiya qilinuvchi 8 raundlik jang: 8,000 dollar.
5. "Showbox" orqali translyatsiya qilinuvchi 10 raundlik jang: 10,000 dollar.
6. "Showbox" orqali translyatsiya qilinuvchi asosiy jang: 15,000 dollar.
7. "Show Time" orqali translyatsiya qilinuvchi ikkinchi asosiy jang: 30,000 dollar
8. "Show Time" orqali translyatsiya qilinuvchi asosiy jang: 70,000 dollar
9. "HBO" orqali translyatsiya qilinuvchi ikkinchi asosiy jang: 40,000 dollar
10. "HBO" orqali translyatsiya qilinuvchi asosiy jang: 70,000 dollar.
(Hozirda ushbu kanal boks translyatsiyalarini to‘xtatgan)
11. Davogar sifatida jahon chempionlik kamari uchun jang: 60,000 dollar.
12. Jahon chempionlik kamari himoya jangi: 100,000 dollar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu gonararlarning barchasi faqatgina ko‘rsatilgan band bo‘yicha bo‘lgan janglarda beriladi va bundan keyinchalik promouterlik kompaniyasi, menejer va boshqa harajatlar chegirib qolinadi.

IMG_20210331_114659_697

Manba : mmapayout.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!