Shohjaxon Abdullaev muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi!

  • 2 fevral, 23:33
  • 0
  • Boks

"Boxam" turnirining yarim final bahslari davom etmoqda. -92kg vazndagi vakilimiz Shohjaxon Abdullaev IBA bayrog‘i ostida ringga ko‘tarilgan Adrian Rikardoga qarshi bahs yuritdi.

1va 2- raundlarda raqibini qiyin holatga solib qo‘ygan yurtdoshimiz muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Rikardoning murabbiylari 3-raundga chiqmasligini bildirishdi va shu tariqa  Abdullaev  finalga yo‘l oldi. Oldinda yana bizni Lazizbek Mullojonovning jangi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!