Shomurodov: "Hammasi uchun rahmat, qirol"

  • 30 dekabr, 2022, 09:43
  • 0
  • Futbol

Afsonaviy Pele 82 yoshida vafot etdi.

Pele oxirgi yillar sog‘lig‘i bilan ko‘p bora muammolarga duch keldi. U 2021 yilda yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazagandi. O‘shandan beri muntazam ravishda davolanib keldi.  2022 yil oxiriga kelib, u yana kasalxonaga qaytdi.

"Roma" sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov o‘z instagram sahifasida Pelening vafotidan so‘ng quyidagicha storis qoldirdi:

- Hammasi uchun rahmat, qirol. 

photo_2022-12-30_09-35-07

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!