Shomurodov Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar qatorida ekanligiga Rossiyada qanday izohlar qoldirishdi

  • 23 dekabr, 2019, 19:45
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, Fox Sport Asia versiyasiga ko‘ra, Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar nomi e’lon qilingandi va ushbu nomzodlar orasida "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodovning nomi ham kiritilgan.

Ro‘yxatdan umumiy 24 ta futbolchi joy olgan va ular orasida Takumi Minamino ("Liverpul"), Son Xyon Min ("Tottenxem") va Paulino ("Guanchjou Evergrand") nomlari ham bor.

Ushbu nomzodlar qatorida, Shomurodovning borligini Rossiyaning sports.ru sayti alohida xabar qilib, e’lon qildi. Ushbu xabar ostida muxlislar qanday fikrlar bildirganini e’tiboringizga havola etamiz.

Exciter: "Tabriklayman! Shomurodov allaqachon "Rostov"ning legendasi."

Lider17: "Umid qilamanki, 10 gol bilan to‘xtab qolmaydi."

Adekvatnyy Bolelщik: "Shomurodovga gap yo‘q! Ammo men bir narsani tushunmadim, Angliya Osiyoga aylandimi? Paulino osiyolik bo‘lib ketdimi?"

shlep noga: "Ikkinchi Irismetov."

Sergey Voluyskiy: "Rostov" futbolchisi APLning grandlari bilan bir qatorda. Menimcha, bu juda zo‘r!"

Maximil13: "Eldorni Rossiya termasiga hattoki muxlislar ham chaqirishdi. Nega osiyolik jurnalistlar uni e’tirof etishidan hayron bo‘lish kerak? Olg‘a Rossiya!"

farmer_f: "Albatta, sovrinni Songa berishadi. Ammo RPL futbolchisini nomzod sifatida ko‘rish yoqimli."

Djakomo Sifilini: "Shomurodov Osiyo "oltin to‘p"ini olishi kerak. RPLni "buzib" tashlayapti."

Rivaldo Vitor Borba Ferreira: "Mukofotni olishi kerak. 2019 yilni barchadan yaxshi o‘tkazdi. "Man Siti"ga 2 ta gol urgani uchun Songa berish kerakmi? Bundan ma’no ko‘rmayapman."

se_queda: "U munosib."

Ma’lumot uchun, Fox Sport Asia versiyasiga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi uchun xorijda o‘ynayotgan osiyolik futbolchilarni va Osiyo klublarida o‘ynayotgan legionerlarning nomzodlari ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustam Azamjonov
23/12/2019 20:15
Eldor Shomurodov OMAD