Shomurodov transferida keskin burilish! Unga Ronaldo jamoasi qiziqish bildrirmoqda

  • 14 yanvar, 2023, 15:50
  • 0
  • Futbol

"Roma" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Uni qo‘lga kiritish uchun kurashga Ispaniyaning "Valyadolid" klubi ham qo‘shildi. 

Ispaniyaning "Pucelafichajes" nashrining xabar berishicha, legionerimizga Ronaldo prezidentlik qiladigan "Valyadolid" jamoasi qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan. Klub uni ijaraga olishni istamoqda. 

Rimliklar futbolchimizni sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchi. Uning transferi 11 million evroga baholanmoqda. Biroq ispan klubi bu summa kamaytirilishini xohlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!