Shomurodovning sherigi boshqa klubga o‘tyapti

  • 3 iyul, 2021, 18:30
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumni ijara asosida “Jenoa” tarkibida yakunlagan Kevin Strotman faoliyatini A Seriyada davom ettiradigan bo‘ldi.

Asli “Marsel”ga tegishli bo‘lgan niderlandiyalik futbolchi A Seriyaning boshqa vakili – “Kalyari”ga qo‘shiladi. Ayni paytda Strotman yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Jenoa” safida Italiya chempionatida ishtirok etgan futbolchiga A Seriya muhiti manzur kelgan va u Frantsiyada o‘ynashdan ko‘ra,  ”Kalyari” variantini ma’qul topdi.

hqdefault

Kevin “Marsel”ga o‘tganga qadar besh yil davomida “Roma” sharafini munosib himoya qilgan edi. Bu futbolchi Niderlandiya terma jamoasi uchun ham 46 marotaba maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!