Shon O'Mellining ishtahasi karnay...

  • 18 sentabr, 2023, 17:24
  • 0
  • MMA

Bir necha kun avval irlandiyalik Shon O’Melli yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski bilan jang qilmoqchi emasligini bayon qilgandi. Biroq uning  fikri o‘zgarib, Avstraliya vakiliga qarshi jang qilib, uni nokautga uchratmoqchi...

"Volkanovski yarim engil vazn toifasida chempion bo‘lmaganida, men uni jon deya nokautga uchratgan bo‘lardim. Lekin bu badbaxt xozir P4P reytingidagi eng zo‘r jangchilardan. U bilan jang qilmoqchi emasman, demayman. Ishonchim komilki, men har kimni jumladan, Volkanovskini ham nokaut qila olaman. Uni bu xolga tushirish juda ham qiyin bo‘ladi. Biroq,  Volkanovski 1-2 yildan so‘ng ham shu divizionda  jang qilishni davom ettirsa, uni albatta nokaut qilaman. Lekin u nazarimda engil vazn( 70,3 kg)  toifasiga o‘tadi.", - dedi Shon O’ Melli.
 
Eslatib o‘tamiz, Shon so‘ngi jangida o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasi chempioni Aldjameyn Sterlingni nokautga uchratib, chempionlik kamarini tortib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!