Shota Arveladze Angliya klubini boshqarishi mumkin

  • 13 noyabr, 2021, 23:31
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Shota Arvelazde faoliyatini Chempionshipda davom ettirishi mumkin.

Turkiyalik tadbirkor Ajun Ilijali "Xall Siti"ni xarid qilishga yaqin turibdi. Tadbirkor Allam oilasi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.  

"Medyaradar" nashrining xabariga ko‘ra, agar tomonlar kelishuvga erishsa, Ajun Shotani Grant Makkanning o‘rniga olib kelmoqchi ekanligi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli mutaxassis "Paxtakor"dan ist’efoga chiqqach, ishsiz hisoblanadi. "Xall Siti" ayni damda Chempionshipda 17-turdan so‘ng 12 ochko bilan 22-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!