Shota Arveladze: Hujumkor o‘yinlarimiz guruh bosqichidan keyin ham davom etadi

  • 16 sentabr, 2020, 14:44
  • 3
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynaydi. Bugun ushbu uchrashuvdan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Quyida “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladzening o‘yin oldi fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

-O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Futbolchilarga ko‘proq dam bergan holda mashg‘ulotlarni tashkil etdik. Odatda har 3-4 kunda bo‘ladigan o‘yinlarda bir xil mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bunday qisqa muddatda o‘tkaziladigan o‘yinlarda har safar bir hil o‘yin ko‘rsatib bo‘lmaydi. Balki, har safar nimadandir xulosa chiqargan holda maydonga tushish kerak. Men shogirdlarimga ishonaman, ular hujumkor o‘yin namoyish eta olishadi. Bizning yorqin o‘yinlarimiz nafaqat qolgan 3 ta o‘yinda, balki, guruh bosqichidan keyingi bahslarda ham davom etadi.

"Al-Hilol" individual tarzda ham, jamoaviy tarzda ham kuchli deb aytgan bo‘lardim. Ular kerak paytda himoyada yaxshi o‘ynaydi, kerak paytda esa darvozabon hujumlarni boshlab berdi. Bu jihatdan "Al-Hilol"ni bizning jamoaga o‘xshatgan bo‘lardim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
17/09/2020 11:01
Арвеладзе гурухдан чика олмасанг тугри Туркиядаги уйинга учиб кет, колган турт-беш сум пулингни оркангдан жунатиб юборамиз.
Кахрамонжон Сафаров
16/09/2020 17:10
Арвеладзе пора домой без тебя обойдёмься
&
UEFA
16/09/2020 16:44
Хурматли тренерлар, тренеровка пайтида уйинчиларилани копток тепишга ургатила. 2-3 метр масофадан гол ура олмаса. Майли индивидуал махорат бордир уйинчилади.Пахтокорни уйини курдим биттасидаям удар йук, гуёки 16 кг огир тошни тепаётгандек, бор вужуди билан тепган туп зурга думалавоти дарвозабон чой ичишга хам улгурвотти. Зовершающий удар йук. Арабларни оёгини учи билан урганда зарб билан учвоти