Shota Arveladze yana "Paxtakor" libosida (Foto)

  • 10 dekabr, 2021, 13:40
  • 3
  • Futbol

2020 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Shota Arveladze "Paxtakor" klubi bosh murabbiyligini tark etgandi. Gruziyalik mutaxassis Toshkentdagi faoliyati yakunlanganidan so‘ng dam olmoqda.

Shota Arveladzega bir qator takliflar bo‘ldi. Biroq u hozircha, variantlardan biriga rozilik bermadi. Lekin Arveladze mamlakatidagi yosh futbolchilarga vaqti-vaqti bilan master klass o‘tamoqda. 

Kuni kecha gruziyalik murabbiy instagramdagi sahifasiga o‘zi to‘p tepgan "Dinamo" Tbilisi va "Lokomotiv" Tbilisi futbolchilariga master klass o‘tab bergan suratlarini joyladi. Ushbu jarayonda murabbiyning "Paxtakor" formasida harakat qilganligini ko‘rish mumkin.

photo_2021-12-10_13-26-52

photo_2021-12-10_13-26-52 (3)

photo_2021-12-10_13-26-52 (2)

photo_2021-12-10_13-26-52 (4)

Arveladze O‘zbekistondagi faoliyati davomida "Paxtakor" bilan 2 bor mamlakat chempionligi va 2 marta kubok sohibiga aylangan. Ayni payt uning o‘rniga Piter Xyuistra "sherlar"ni boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
10/12/2021 14:53
Бошка кийим топа олмаган шекили Пахтакордан топганларини секин-секин кийиб юргандирда шу хам янгиликми
&
Лучше Насаф
10/12/2021 15:01
Бошка кийими йукми дейман
Абдуллаев Шариф
11/12/2021 20:43
Пахтакор,яхши бу экипировкаларни тортиб олиб колмас экан,Бунедкордек.Футболчини шахсий шкафчасини футболчига айтмасдан титиб олиб куядиган клублар бор,бизда.