Shoxjahon Ergashev: «Sendan bokschi chiqmaydi deyishgan edi» (Intervyu)

  • 24 fevral, 2021, 19:05
  • 0
  • Boks

Hamyurtimiz Shoxjahon Ergashev «Uryuk i klyukva» «YouTube» kanali uchun maxsus intervyu berdi. Ushbu suhbat davomida, bokschi faoliyatidagi qiyinchiliklari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi.

6-sinfdan keyin maktabda o‘qimaganman…

«Men sportga juda erta kirib kelganman. 6-sinfdan so‘ng, umuman maktabga bormay qo‘ydim. Ota-onamga yordam berish maqsadida katta hayotga ertaroq kirib kelishga to‘g‘ri keldi. Moskvaga endi kelgan paytimda, mendan rus tilida ismimni so‘rashgan. Men esa, «normalniy» deb javob bergan edim. Bu hozir kulgili tuyuladi, biroq o‘sha paytda rus tilidagi birorta so‘zni bilmas edim.

O‘zbekistoning kichik bir shaharchasi – Rapqonda tug‘ilganman. U erda katta supermarketlar, svetoforlar yo‘q edi. U erning odamlari juda sodda va samimiy. Bizda o‘g‘il farzand dunyoga kelsa, bokschi tug‘ildi, deyishga odatlanishgan.

2002 yilda boks bilan shug‘ullanishni boshladim. U paytlari bizning shaharchada sport to‘garaklari yo‘q edi. Shu bois, otam bilan maktab sport zalida mashg‘ulot o‘tkazganmiz. Menga ko‘pchilik «sendan bokschi chiqmaydi, yaxshisi ota-onanga ro‘zg‘orda yordam beri», degan. To‘g‘risi, bu so‘zlarni eshitish juda alamli. Ruhan qiyin vaziyatga tushib qolganimda, otam qo‘llab-quvvatlab turganlar. 2010 yilda sportni tashlashga majbur bo‘ldim. Katta opam turmushga chiqqach, oilamizda moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi. Shu bois, ishlashga qaror qildim.

rkerlo‘klro‘klr

Kun bo‘yi dadamga yordam berar, kech bo‘lishi bilan sport zalga oshiqar edim. Bu hayotimdagi eng qiyin damlar.

Rossiyada ham oson emas…

Bu erga kelgach, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Rossiyada ham hammasi oson emas. Avvaliga tunda qorovul bo‘lib ishladim. Kunduzi mashg‘ulotlar, kechasi ish. Sportchi kechasi uyquga to‘ymasa, kunduzi mashg‘ulotlarda juda qiynaladi. Bularni engib o‘tish uchun inson o‘z kuchiga ishonishi kerak.

Hozir juda kam insonlar tonggi soat 6 da uyg‘onib yugurishga chiqadi. Hammaga uyqu shirinroq, biroq sen qolganlar uxlayotgan paytga mashg‘ulotga yo‘l olishing kerak. Shunda ulardan ko‘ra natijaning yaxshiroq bo‘ladi.

Baxtimga doimo atrofimda yaxshi insonlar bo‘ldi. Ular meni to‘g‘ri yo‘naltirishgani uchun ham bugungi darajaga ko‘tarildim. Menga dadamdan boshqa hech kim ishonmagan. Moskvaga kelgach, ish va mashg‘ulotlarni bir tempda olib borishga urindim. Bu erda meni Po‘latov Sayfulla Temurovich har tomondan qo‘llab-quvvatladi. Bu insondan minnatdorman. Ular mening nafaqat sportda, balki hayotda ham ustozim. Ulardan juda ko‘p narsa o‘rganganman. Men doimo ularga o‘xshashga intilganman. Sayfullo Temurovich singari kiyinishni, so‘zlashni va hatto, ular sevgan taomlarni iste’mol qilishni istaganman.

Ulkan maqsadlar...

Bundan 3 yil ilgari AQShga ko‘chib ketdim. Rossiyada 10 ta jangda g‘alaba qozongach, amerikaliklar menga shartnoma taklif qilishdi. Men rozi bo‘ldim. AQShdagi boks bu boshqa olam. U erda boksning darajasi ancha balandroq. Okean ortida 9 ta jang o‘tkazdim va hammasida g‘alaba qozondim.

Hayotda ulkan maqsadga erishmoqchi bo‘lsangiz, albatta, o‘zingizni kuchli shaxs sifatida tarbiyalashingiz lozim. Hozircha, hech qanday rejalarim yo‘q, ammo jahon chempioni bo‘lmoqchiman. Ular bizga chempionlik jangini taklif etishgan. O‘ylashimcha, yana ozgina vaqt kerak.

dukpo‘uklpo‘ulko‘plukp

Taslim bo‘lmaslik kerak! Balki bugun omading kelmas, balki ertaga ham balki bir yil, hatto, 10 yil kerak bo‘lsa ham hech qachon chekinmaslik lozim. Faqat oldinga qadam tashlash lozim. Ana shunda, inson o‘zi istagan maqsadga erishadi.»

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!