Shuhrat Maqsudov: "Qiyinchiliklarga qaramasdan futbolchilar o‘z ishini a’lo darajada bajardilar"

  • 14 avgust, 2021, 00:40
  • 0
  • Futbol

“Bunyodkor” klubi oxirgi omadsiz o‘yinlardan keyin 15-turda “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

“Bunyodkor” bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mazkur bellashuv borasida o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.  

- Avvalambor, “Bunyodkor” futbolchilari, muxlislari va xodimlarini g‘alaba bilan chin ko‘nglimdan tabriklayman. Fursatdan foydalanib, futbolchilarga katta rahmat. Hozirgi paytdagi qiyinchiliklarga qaramasdan o‘z ishini a’lo darajada bajardilar.

Nafaqat o‘yinchilarimiz, balki klubda ishlayotgan barcha xodimlarga ham rahmat. Shuningdek, bizga sharoit yaratib bergani uchun AGMK klubiga ham minnatdorchilik bildiraman. O‘yinni hamma ko‘rdi, futbolchilarimizga e’tirozim yo‘q.

To‘raev bilan bog‘liq vaziyatga kelsak, muxlislarning ishi futbol ko‘rish. Ushbu holada hech nima bo‘lgani yo‘q, bu o‘zimizni ishimiz. Lutfulla To‘raev asosiy o‘yinchilarimizdan biri, jamoamiz sardori. Faqat uni noto‘g‘ri tushungan bo‘lishinglar mumkin, - dedi Shuhrat Maqsudov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!