Simeonening "vorisi" topildi!

Turkiyaning “Eyupspor” klubi bosh murabbiyi Arda Turan kelajakda murabbiylik faoliyatida nimalarga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

"Atletiko" Madrid va "Barselona"ning sobiq futbolchisi o‘tgan yilning aprel oyida murabbiylik faoliyatini boshlagan. Hozirda uning jamoasi Turkiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda yangi mavsumda Superligada qatnashish huquqini muddatidan avval kafolatlagan.

Yaqin o‘tmishdagi taniqli vinger bir kun kelib "Atletiko"ga qaytishni va futbolchi sifatida imkoni bo‘lmagan narsaga erishishni orzu qilishini aytdi.

"Men "Atletiko" Madridni boshqarib, ushbu jamoa bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istardim. Bu mening asosiy maqsadlarimdan biri”, - dedi Turan The Coaches' Voice nashriga bergan intervyusida.

Arda Turan 2011-2015 yillarda “Atletiko” safida to‘p surgan va 127 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ygan. Turkiyalik sobiq futbolchi 2015 yilda “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan va 2020 yilgacha Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!