Siyavush Haqnazari: O‘zbek va Eron futbolidagi eng katta farq - tomoshabinlar, bizga har bir bahs endi finaldek ahamiyatga ega, "Paxtakor" va "Nasaf" juda qiziq o‘yin ko‘rsatadi (intervyu)

  • 28 sentabr, 2022, 17:39
  • 0
  • Futbol

AGMK bu mavsum o‘tgan mavsumdagidek yaxshi harakat qilmoqda. To‘g‘ri, jamoa katta ehtimol bilan chempionlik uchun kurashdan chiqdi. Ammo kubokda yarim finalga chiqqan Mirjalol Qosimov shogirdlarida hali nazariy jihatdan imkon yo‘q emas.

SPORTS.uz sayti esa jamoa etakchisi Siyavush Haqnazari bilan bog‘lanib, bu mavsumdagi maqsadlari va boshqa mavzular haqida uning fikri bilan qiziqdi.

- Xayrli kun, Siyavush! O‘zbekistonda o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz? 

- Rahmat, bu erga ancha o‘rganib qoldim. O‘zbekistonda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

chiya

- O‘zbek futboli haqida qanday fikrdasiz?

- O‘zbek futboli haqida oldin ham ma’lumotga ega edim. Eronda bu erdagi klublarga qarshi ko‘p to‘qnash kelardik. Avval ham kuchli jamoalar bor edi. Biroq hozir chempionatda ancha o‘sish bor. O‘ylashimcha, hali yana rivojlanish bo‘ladi. 

- Bu erdagi va Erondagi futbol o‘rtasida qanday farq ko‘rdingiz?

- Eng katta farq - tomoshabinlar. Eronda stadionga juda ko‘p muxlislar tashrif buyuradi. Bu bizga doim bosim yuklardi. Ammo O‘zbekistonda muxlislar juda ko‘p bo‘lmasligiga qaramay, ular Erondan ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, deb o‘ylayman. 

- Sizning va AGMKning bu mavsumdagi maqsadlari nimalardan iborat?

- Bizning asosiy maqsadimiz - eng kamida kuchli uchlikda bo‘lish. Ayni paytda juda yaxshi tarkibga egamiz. Lekin ko‘p o‘yinlarda ochko yo‘qotdik. Shunga qaramay, hamon o‘zimizga ishonamiz. Futbolda hech narsa kafolatlanmagan. Oldinda kutib turgan o‘yindan boshlab, bizga har bir bahs finaldek ahamiyatga ega. Maksimal ochkolarni qo‘lga kiritishimiz kerak.

sia

- Superligada bu mavsum qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? 

- Chempionlik haqida oldindan biror narsa deya olmaymiz. Oldinroq aytganimdek, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hech narsa avvaldan kafolatlanmagan. 

- O‘zbekistonda siz qarshi o‘ynagan eng kuchli jamoa qaysi? 

- Deyarli hamma jamoalar yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Ammo "Paxtakor" va "Nasaf" kabi klublar juda qiziq o‘yin namoyish etadi. Menimcha, ular eng kuchlilari bo‘lsa kerak. 

- Jahon chempionatida Eron termasidan qanday natija kutyapsiz? 

- Murabbiyni o‘zgartirdik. Yana Keyrush jamoaga ustozlik qiladigan bo‘ldi. Shunday ekan, futbolchilar va muxlislar ham bundan birdek quvondi. Yaxshi natija qayd etishimizga ishonaman. Buning uchun termada etarli salohiyat va tajriba bor.

 

Shohrux Zoirov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!