sobiq nba o‘yinchisi ufcda faoliyatini boshlamoqchi

NBA sobiq o‘yinchisi Roys Uayt aralash yakkakurash jang san’atlarida faoliyatini boshlamoqchi. 27 yoshli sportchi bunda UFC chempionlik kamari uchun bir marta urushishni rejalashtirmoqda.

Men jahondagi eng yaxshi sportchilardan biriman, – deya Uaytning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri. – NBA mening jismoniy holatimni, gavdamni va kuchimni qadrlaydi. O‘ylaymanki, bularning barchasi UFCga to‘hri keladi. Men o‘zi yoshligimdan yakkakurashlar muxlisi edim. Endi bunga erisha olishimdan juda xursandman.

Eslatib o‘tamiz, NBAda Uayt “Sakramento” jamoasi sharafini 2013 yilda atigi uchta o‘yinda himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!