"So‘g‘diyona" futbolchisi jarohat oldi

Shohrux Abdurahmonov O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. U jamoaning etakchi va muhim futbolchilaridan biri. Shu paytgacha Superliga doirasida 5 ta o‘yin otkazib 4 gol bilan to‘purarlar jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Bundan tashqari, 2024 yilgi mavsumda barcha ichki musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda Shohrux Abdurahmonov gol+pas tizimida etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni esa faqat gol urayotgan Tabatadze va faqat golli uzatma berayotgan Abdumannonov egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi "Bunyodkor"dan Jizzax klubiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!