"So‘g‘diyona" hujumchisi jamoadan ketdi

  • 22 noyabr, 2022, 22:37
  • 0
  • Futbol

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida bosh murabbiy o‘zgarishi ortidan jamoaning ayrim futbolchilari ham jamoa bilan xayrlashmoqchiligi haqida eshitib qolyapmiz.

Xabaringiz bor, bungacha klubni boshqarib kelgan Ulug‘bek Baqoev iste’foga chiqqan va o‘rniga Yorqin Nazarov tayinlangan. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 3 yil davomida “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilgan hujumchi Bahodir Nasimov klubni tark etgan. Buni “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Yorqin Nazarov saytimizga bergan intervyusida ham aytib o‘tdi.

baxodir

35 yoshli futbolchi yakuniga etgan chempionatda 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. O‘zbekiston Kubogida esa 5 ta o‘yinda ishtirok etgan. Lekin Nasimov gol ura olgani yo‘q. Qizig‘i, o‘tgan mavsumda ham hujumchi raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!