Son Xin Min Gomeshdan o‘zgacha uslubda kechirim so‘radi

  • 7 noyabr, 2019, 12:03
  • 1
  • Futbol

Kecha "Tottenxem" UEFA Chempionlar ligasi 4-turida "Tsrvena Zvezda" mehmoni bo‘lib, 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritidi. Londonliklar safida koreyalik Son Xin Min dubl muallifi bo‘ldi.

Son Xin Min raqib darvozasiga gol kiritganidan so‘ng, kamera oldiga borib bir necha kun oldin uning qo‘pol harakatidan so‘ng oyog‘ini sindirib olgan "Everton" futbolchisi Andre Gomeshdan uzr suradi.

Eslatib o‘tamiz, Son "Everton"ga qarshi o‘yinda Gomesh bilan bog‘liq vaziyatdan so‘ng xakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangan, biroq, keyinroq APL ushbu chetlatishni bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
08/11/2019 00:15
Brava Son