Sport akrobatikasi. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini 2-o‘rinda yakunladi

25-28 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Pavlodar shahri sport akrobatikasi bo‘yicha XII Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. E’tiborlisi ushbu turnirda ishtirok etgan yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

“Bayantau” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida mezbonlardan tashqari Hindiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Gongkongdan 170 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

4 yosh toifasida, ikki turdagi mashq yo‘nalishi – dinamika va muvozanatni saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda O‘zbekiston vakillari 4 ta oltin hamda 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan yurtdoshlarimiz ro‘yxati:

Oltin:

Asadbek Karimov, Said Amin Ayubxonov (11-16 yosh, juftlik, erkaklar);

Anastasiya Pak, Ikromjon Nosirov (kattalar, aralash juftlik);

Islom Abdurahmonov, Xasan Turg‘unov, Bexruzbek Bahodirov, Javohirbek Ne’matov (13-19 yosh, jamoaviy erkaklar );

Timur Ibragimov, Damir Xafizov, Diyorbek Kamoliddinov, Hikmatullo Ibrohimov (kattalar, jamoaviy, erkaklar).

Kumush:

Umida Tursunova, Mehrinigor Toymuratova (11-16 yosh, juftlik,ayollar);

Aydana Azatova, Jahongir Xudoynazarov (11-16 yosh, aralash juftlik);

Umida Nasibalieva, Ikromjon Raimov (12-18 yosh, aralash juftlik);

Yasmina Yansupova, Anvarjon G‘ofurov (13-19 yosh, aralash juftlik);

Fazilat Tojiboeva, Oynur Musurmonova, Niginabonu Xudoyberdieva (11-16 yosh, jamoaviy,ayollar);

Sardor Saidov, Davlatshox Murtazoqulov, Jahongir Davronov, Samir Kabirov (12-18 yosh, jamoaviy, erkaklar);

E’zozaxon Xonboboeva, Nargizaxon Po‘latova, Alina Kazimirova (12-18 yosh, jamoaviy,ayollar);

Aziza Isamova, Gulnoza Muxtorova, Soliha Ergasheva (13-19 yosh, jamoaviy, ayollar).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!