Stanislav Cherchesov o‘ziga Osiyodan taklif bo‘lganini aytdi

  • 21 sentabr, 2021, 16:00
  • 0
  • Futbol

Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgach, Iroq terma jamoasidan taklif bo‘lgani va bu taklifga rad javobini bergani haqida gapirdi.

“Iroq terma jamoasi vakili Rossiya terma jamoasidan ketganimdan yarim soat o‘tgach men bilan bog‘landi. Men Rossiya futbol ittifoqidagi ofisimda ularning vakili bilan uchrashdim va tayyor emasligimni aytdim. Yangi ish boshlash uchun, nimalar noto‘g‘ri qilinganini tushunish kerak. Oldin bo‘lib o‘tgan ishlarni tahlil qilmasdan, yangi muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. Ikki oy o‘tdi - endi men tashqi futboldagi fikrlar tufayli zamonaviy futbolda qaysi yo‘nalishda harakat qilishimni tushuna boshladim”, - dedi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Cherchesovning Rossiya terma jamoasidagi o‘rnini Valeriy Karpin egalladi. Iroq terma jamoasi esa yakunda bosh murabbiy etib Rossiya terma jamoasining boshqa bir sobiq ustozi Dik Advokatni tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!