Sulsher Manjukichni MYu ga olib kelmoqchi

  • 25 sentabr, 2019, 17:08
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher qishki transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis "Yuventus" forvardi Mario Manjukichni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Uning fikricha Romelu Lukaku va Aleksis Sanches “Inter”ga o‘tgach “qizil iblislar” safida mahoratli hujumchi etishmayapti.

Eslatib o‘tish lozimki, MYu xorvatiyalik futbolchini yozgi transferlar davridayoq sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Biroq, o‘shanda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmagan edi.

Bundan avvalroq Manjukichga shuningdek Qatarning “Al-Rayyan” klubidan ham takliflar bo‘lgandi. Ammo, u bu jamoaga o‘tishni xohlamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!