Superliga. 6-turda 4 nafar futbolchi jamoasiga yordam bera olmaydi

Bugun "Andijon" - "So‘g‘diyona" bahsi bilan Superliganing 6-turi start oladi. Uchrashuv 18:30da start oladi va "Foreign language" kanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Mazkur turni 4 nafar futbolchi o‘tkazib yuboradi. O‘zbekiston kubogi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan Sardor Sobirxo‘jaev "Paxtakor"ning "Metallurg"ga qarshi bellashuvini o‘tkazib yuboradi. "Andijon" - "Nasaf" o‘yinida qizil kartchoka olgan Murodbek Rahmatov Olmaliqda bo‘lib o‘tadigan OKMKga qarshi uchrashuvda "ajdarlar"ga yordam bera olmaydi.

Bundan tashqari, "Navbahor" - "Andijon" qarama-qarshiligida chetlatilgan Sardor Azimov hamda "Olimpik Mobiuz" va "Lokomotiv" o‘yiinida qizil kartochka olgan Abubakir Rizo Turdialiev ham ushbu bu turda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!