Superliga. Bugun 16-turga yakun yasaladi. Olmaliqda ispancha futbol, Navoiyda esa Abramovni jiddiy sinov kutmoqda.

  • 18 avgust, 2022, 11:57
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 16-turi doirasidagi so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida "Surxon" "Metallurg"ga qarshi maydonga tushsa, yana bir qiziqarli bellashuv Navoiyda bo‘lib o‘tadi. Unda "Qizilqum" o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. OFK kubogidagi ishtiroki sabab "So‘g‘diyona" - "Neftchi" uchrashuvi boshqa sanaga qoldirilgan.

Quyida uchrashuvlarning boshlanish vaqti bilan tanishishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!