Superliga. "Nasaf" Bekoboddan 3 ochko bilan qaytdi

  • 12 avgust, 2022, 20:56
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuv yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda qarshiliklar 2:0 hisobida g‘alab qozondi. Uchrashuvning birinchi taymi teng kurashlar ostida kechdi. Har ikki jamoa ham ketma-ket raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo dastlabki bo‘limda gol urish hech qaysi jamoaga nasib qilmadi. 

Ikkinchi taym "ajdarlar"ning biroz ustunligi ostida boshlandi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. O‘yinning 51-daqiqasida Xusniddin Aliqulovning say-harakatlari evaziga Oybek Bozorov hisobni ochdi — 0:1.

Qolgan daqiqalarda ham "Nasaf" "Metallurg"dan kuchliroq o‘ynadi. Boisi, Husayn Norchaevning o‘zi ikkita 100 foizlik golli vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Ammo ikkinchi taym oxiriga kelib, qarshiliklar huchumchisi bari-bir o‘z so‘zini ayta oldi. 

Norchaev ikkinchi taym 86-daqiqasida bekobodliklarning ikki himoyachisi orasidan ajoyib tarzda o‘tib ketdi va darvozabon bilan birga-bir chiqib, "ajdarlar"ning ikkinchi, o‘zining esa chempionatdagi ettinchi golini kiritdi.

O‘yinning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida o‘tdi. Biroq boshqa gol urish hech bir jamoaga nasib qilmadi. Shu tariqa, "Nasaf" Bekobodda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!