Superliga. "Nasaf" Qarshida "Qizilqum"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Bellashuv "ajdarlar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

18-daqiqada Alibek Davronov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Murodbek Rahmtov oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 64-daqiqada esa Akai Shulaya gol urib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada Ilhomjon Vahobov Ne’matovga qupollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi va maydonni tark etdi.

Shu tariqa, Berdiev shogirdlari qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ulja Toliyev
16/03/2024 21:10
Сиддиқов тушувирса чемпион булиш қийин