Superliga. "Nasaf"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. So‘nggi o‘yin "Nasaf" va OKMK o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda Berdiev shogirdlari irodali tarzda zafar quchdi. Bu klubning mavsumdagi 3 g‘alabasi.

"Ajdarlar" hozirgacha 5 ta o‘yin o‘tkazib, 3 marta 3 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 bora durang natija qayd etdi. Turnir jadvalida esa 11 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Peshqadam "Andijon" va 3-pog‘onadagi "So‘g‘diyona" bilan ochkolari soni bir xil. 

"Nasaf"ni oldinda 7-tur uchrashuvida "Bunyodkor"ga qarshi bahs kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!