Superliga. "Paxtakor" - "So‘g‘diyona": Eng yirik hisob yodingizdami?

Superliga 4-tur o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 56 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 43 bellashuvda "sherlar" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7ta o‘yinda durang qayd etilgan va 6 bahsda jizzaxliklarning g‘alaba qozongan. 132 gol urgan poytaxtliklar o‘z darvozasidan 44 to‘p o‘tkazib yuborishgan. 

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 28 bahsning 26tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatini nishonlagan. Shundan 12 g‘alaba yirik natija bilan qo‘lga kiritilgan. O‘z maydonida "toshkentliklar 94 gol urib, 19 to‘p o‘tkazib yuborgan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug‘i va durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30 mart, shanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!