Superliga. “Surxon” “Metallurg” uchun oson “o‘ljami?” (prevyu)

  • 17 avgust, 2022, 12:53
  • 0
  • Futbol

Ertaga O‘zbekiston Superligasi 16-turi doirasidagi  “Surxon” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tkaziladi. Quyida bahsga oid qiziqarli faktlarni keltiramiz.

Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 21 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 9 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 4 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 23:17.

Bekobodda kechgan 11 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

16.03.2022  “Metallurg” – “Surxon” – 0:0
07.08.2021  “Metallurg” – “Surxon” – 0:1
29.11.2020  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019  “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004  “Metallurg” – “Surxon” – 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!