Superliga. Toma hali ham etakchi, Marushich kurashga qo‘shildi

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" hamda OKMK - "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda mezbonlar 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Asqarov, Merk (dubl) va Cheran mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Otaxonov, Milichkovich (penalti) va Sharipov nomiga qayd etildi. 

Olmaliqdagi uchrashuvda ham "otishma" bo‘ldi. Uchrashuvida mehmonlar 3:4 hisobida zafar quchishdi.  Marushich dubl qilgan bo‘lsa, Mozgovoy va Jigaurilar bittadan gol urishdi. "Konchilar" tarkibidan esa Rahmanov, Abdurahmonov va O‘lmasailevlar javob qaytardi. 

Ushbu bellashuvlardan so‘ng to‘purarlar jadvali bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!