Yana bir superto‘purar Evropani tark etmoqda

  • 20 may, 2023, 23:11
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsumni Ispaniya chempionatida o‘tkazayotgan urugvaylik to‘purar Edinson Kavani Evropani tark etishi kutilyapti.

“Valensiya” bilan shartnomasi yana bir yil davom etadigan 36 yoshli hujumchi faoliyatini Janubiy Amerikada davom ettirish ehtimoli katta, deb xabar tarqatdi Todofichajes nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, “Boka Xuniors” tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmagan.

Argentinaliklar “Valensiya” bilan Kavanining transferi bo‘yicha muzokara boshladi va uni muvaffaqiyatli yakunlashga ishonmoqda.

Kavani joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!